Davlat soliq qo‘mitasining Soliq mobil ilovasi ma’lumotlar markazida yuklama ortib ketgani sababli uzilishlar bilan ishlamoqda. Qo‘mitaning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, so‘nggi paytlarda ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan cheklar soni ko‘payib, amaldagi serverning quvvati yetmay qolishni boshlagan.
Yangilangan Soliq mobil ilovasida texnik kamchiliklar, jumladan, keshbekni ro‘yxatdan o‘tkazish, tasdiqlash, uni yechib olish va kartani kiritishda muammolar kuzatila boshladi. Buni bir qancha iste’molchilar qayd etishdi, shu jumladan, «Gazeta.uz» ham bu kabi qiyinchiliklar mavjudligini aniqladi. Davlat soliq qo‘mitasi mazkur holatni «foydalanuvchilar sonining oshishi bilan ayrim holatlarda texnik kamchiliklar kuzatilishi mumkin» deya izohladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting